Maxfiylik siyosati
Ushbu sahifa Media Quruvchilar 2.0 sayti qaysi ma’lumotlarni yig‘ishi va ulardan qanday foydalanishini tushuntiradi.
Qanday ma’lumotlar yig‘iladi
- Formada siz yozgan ism va telefon raqami.
- Saytdan foydalanish statistikasi: qaysi sahifalar ochilgani, qaysi tugmalar bosilgani, qaysi reklama orqali kelganingiz (UTM belgilar), qurilma turi.
- To‘lov ma’lumotlari bizda saqlanmaydi: karta ma’lumotlarini faqat Payme yoki Click qayta ishlaydi.
Nima uchun kerak
- Siz bilan bog‘lanish va mentorlik bo‘yicha maslahat berish.
- To‘lovni rasmiylashtirish.
- Sayt va reklamani yaxshilash.
Ma’lumotlar kimga beriladi
Ma’lumotlaringiz sotilmaydi va uchinchi shaxslarga berilmaydi. Ular faqat mentorlik jamoasi tomonidan ishlatiladi. Reklama samaradorligini o‘lchash uchun Meta (Facebook/Instagram) pikselidan foydalanilishi mumkin.
Sizning huquqlaringiz
Ma’lumotlaringizni ko‘rish yoki o‘chirishni so‘rash uchun menejerga yozing.
2.0